"Adliya kuni"da xotin-qizlarning huquqiy muammolari o'rganildi

"Adliya kuni"da xotin-qizlarning huquqiy muammolari o'rganildi

@adliya

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika bo'ylab adliya organlari tomonidan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlash va ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o'tkazilmoqda.

"Adliya kuni" doirasida Yangiyer shahar "Davlatobod" mahallasida tashkil etiligan tadbirda aynan xotin-qizlar va aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning huquqiy muammolari o'rganildi

Tadbirda dastlab, qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi. Xususan, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib ot‘ildi.

Shundan so'ng viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Shayjigitov sayyor qabul o'tkazib, aholi bilan yuzma-yuz suvbatlashdi. Sayyor qabulda "Davlatobod" mahallasiga yondosh "Yuksalish", "Navro'zobod", "Shodiyona", "Temur Malik" mahallalari fuqarolari ishtirok etishdi.

Tadbirga Yangiyer shahar bandlikka ko‘maklashish markazi, soliq, sog'liqni saqlash, bank, FHDY, notarius hamda boshqa idora va tashkilotlar mutasaddilarining taklif etilishi subsidiya, kredit, kadastr, kommunal soha, moddiy yordam, takroriy guvohnoma olish, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi kabi masalalarda aholi tomonidan qilingan murojaatlarni joyida hal etish imkoniyatlarini yaratdi.

Shu kuni aholiga, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida mehnat yarmarkasi hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.

“Adliya kuni” doirasida A.Shayjigitov "Shodiyona" mahallasi yettiligi bilan uchrashib, aholining huquqiy muammolarini o'rganish, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, “Online-mahalla» platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash va uning huquqiy yechimiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page