"ADLIYA KUNI" NAVBAHORDA
@adliya
Yurtdagi islohotlarning erkin nafasini bugun mahallalarda his qilish mumkin. Xususan, Boyovut tumanidagi “Navbahor ” mahallasida doimo ko‘chalar obod, xonadonlar saranjom-sarishta. Mahalla mas’ullari va aholining birdamligi, jipsligi sabab har qanday muammoli vaziyatlar tezkorlik bilan hal qilinadi.

“Adliya kuni” tadbirining aynan ushbu mahallada tashkil qilinishish aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, fuqarolarning yashash tarzi, muammo va rejalari bilan o‘rtoqlashish maqsadiga qaratildi.

Tadbir mahalla nuroniylari bilan muloqot qilishdan boshlandi. Samimiy ruhdagi uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, yoshlar va aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamjihatlik, amaliy tajribalar o‘rtoqlashildi.



Shundan so‘ng tuman hokimligi va mahalla mas'ullari bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali aholi bilan suhbatlashildi. Adliya xodimlari tomonidan anketa-so‘rovnomalari to‘ldirilib, ayrim fuqarolarning huquqiy muammolari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


"Mahalla yettiligi" bilan suhbat jarayonida onlayn-mahalla platformasiga kiritilgan huquqiy muammolar tahlil qilindi hamda fuqaro-mahalla-adliya tizimi asosida muammolarning yechimi yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.


"Adliya kuni" tadbiri viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitovning sayyor qabuli bilan davom etdi.





Sayyor qabulda kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, ta’lim, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.



Qabulda 5 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida yechim topdi, 15 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolgan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.


“Adliya kuni” doirasida uyma-uy yurish orqali aniqlangan huquqiy muammolar yechimiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2 nafar yoshga ID karta topshirildi.



Shuningdek, “Navbahor” mahallasida yashovchi nogironligi bor bo‘lgan fuqaro Z.Almuratovga ID karta rasmiylashtirishda amaliy yordam berilib, sayyor tartibda xonadoniga borib topshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati