BOYOVUTDA "HUQUQIY TARG'IBOT KUNI"

BOYOVUTDA "HUQUQIY TARG'IBOT KUNI"

@adliya

Ma’lumki, Prezidentning 80-sonli farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilanib, «Online-mahalla» platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish nazarda tutilgan.

Boyovut tumanidagi “Navro‘z” va “Farhod” mahallasi fuqarolari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham aynan aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar yuzasidan manzilli va predmetli targ‘ibot ruhida o‘tdi.

Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.

«Huquqiy targ‘ibot kuni» doirasida sayyor qabul o‘tkazilib, aholining huquqiy muammolari o‘rganildi va ularning yechimi yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish muddat talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olindi. 

Shuningdek, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati



Report Page