Yoshlar bilan harbiy qismda bir kun

Yoshlar bilan harbiy qismda bir kun

@adliya

Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan yozgi ta’til davrida yoshlarning, xususan, bo‘limga otaliqqa biriktirilgan maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan Shirin shaharidagi harbiy qismga xovoshlik yoshlarning sayohati tashkil qilindi.

Harbiy qismda dastlab “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida davra suhbati  tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquq va majburiyatlari, tushuntirildi.

Shuningdek, ona yurtga ehtirom, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish kabi milliy qadriyatlar haqida fikr-mulohazalar yuritilib, mavzu doirasida savol-javoblar uyushtirildi.

Shundan so‘ng yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Badiiy va huquqiy adabiyotlardan tuzilgan qiziqarli savollar o‘quvchilarning mantiqiy fikr va bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

“Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostidagi belleshuvlar esa yoshlarni yanada faollashtirdi.

Harbiy qismda o‘tgan kun yoshlar uchun uchun esda qolarli bo‘ldi. Eng muhimi, yoshlar harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page