Fuqaroning o'limi 31 yildan so'ng qayd etildi

Fuqaroning o'limi 31 yildan so'ng qayd etildi

@huquqiytarg'ibot


Sardoba tuman Paxtakor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Maxsuma Usarova bundan o‘ttiz bir yil muqaddam farzandidan ayrilgan.

Biroq, e’tiborsizlik sabab farzandining o‘lim haqida guvohnomasi rasmiylashtirilmagan. Oqibatda M.Usarova nafaqa olishda muammoga duch keldi.

Shundan so‘ng vafot etgan o‘g‘lining o‘lganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab Sardoba tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojat adliya bo‘limining ish yurituviga olinib, zarur hujjatlar to‘plandi.

Aniqlanishicha, Maxsuma Usarova va Xasan Usarovlarning birgalikdagi turmushidan 1987 yil 25-sentyabrda o'g'il farzand dunyoga kelgan. Yaxshi niyatlar bilan unga Oybek deb ism qo'yishdi.

Oybek Xasanovich Usarov 1991-yil 30-iyunda vafot etgan. Biroq, o‘lim fakti rasmiylashtirilmagan.

O‘rganish davomida Davlat xizmatlari agentligining arxiv ma’lumotlar bazasida Usarov Oybek Xasanovichning o‘limi haqida dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi aniqlandi.

Shuningdek, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Usarov Oybek dafn etilgan joy to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etildi.

Bundan tashqari, murojaatchining qo‘shnilari tomonidan ushbu oilaning bir nafar o‘g‘il farzandi olamdan o‘tganligi tasdiqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan Usarov Oybek Xasanovichning o‘lim faktini belgilash yuzasidan Oqoltin tumanlararo sudiga da’vo ariza kirildi.

Natijada, da’vo qanoatlantirilib, Usarov Oybek Xasanovichning 1991-yil 30-iyunda o‘lganlik faktini belgilash yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.

 

Ilhom Yunusov,

Sardoba tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

 

 

 


Report Page