"Huquqiy targ'ibot kuni"da bepul huquqiy maslahat bilan

"Huquqiy targ'ibot kuni"da bepul huquqiy maslahat bilan

@adliya

2024-yil 24-maydagi PF–80-son Prezident Farmoniga asosan adliya organlari tomonidan mahallalarda “Adliya kuni”, “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotidagi muammolar o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Xazina” mahallasida tashkil qilingan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbirida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Tadbir doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘I A.Shayjigitovning sayyor qabuli o‘tkazildi.Sayyor qabulda 10 dan ortiq fuqarolarning ishga joylashish, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal sohaga oid bir qator murojaatlari tinglandi.

Shundan 2 nafar fuqaroning murojaati joyida yechim topdi, 4 nafar fuqarolarga muammolarining huquqiy yechimlari tushuntirildi, qolgan 4 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Tadbir davomida “Xazina” mahallasi “yettiligi” bilan muloqot qilinib, faoliyatga doir masalallar muhokama qilindi hamda aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berildi.

Shu bilan birgalikda, aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari o‘rganildi hamda aniqlangan huquqiy muammolar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page