Mirzaobodda "Adliya kuni"
@adliya
“Adliya kuni” - joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etishda o‘ziga xos mexanizmga aylandi. Mirzaobod tumani “Navro‘z” mahallasida o‘tkazilgan “Adliya kuni” tadbirida “Bog‘iston”, “Tinchlik” va “Navro‘z” mahallasi fuqarolari huquqiy va davlat xizmatlaridan bahramand bo‘lishdi.



Tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish borasida adliya organlarining qo‘shicha vazifa va faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z yuritib, har bir fuqaro adliya e’tiborida ekanligini ta’kidladi.


Tadbir davomida adliya, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan kadastr hujjatini rasmiylashtirish, uy-joy, oila va nikoh munosabatlari, kredit, aliment, bandlik kabi masalalarda 20 ga yaqin fuqarolarning murojaatlar qabul qilindi.



Ushbu murojaatlarning aksariyatiga hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yechim izlandi, shu kuni 8 ta murojaat ish yurituvga olinib, qolgan murojaatlar bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, 30 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.


Shuningdek, tadbir doirasida aholi bandligiga ko'maklashish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etib, munosib ish o'rinlariga ega bo'ldilar.

Adliya mas’ullarining “Navro‘z” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashuvida Sirdaryo tajribasi sifatida “fuqaro-mahalla-adliya” tizimi orqali aholi muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi.


Shundan so‘ng, uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi. Jarayonda energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar va boshqa huquqiy masalalarda tushuntirishlar berilib, anketa-so'rovnomalari to'ldirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati