Sardobada "Adliya kuni"

Sardobada "Adliya kuni"

@adliya

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi Prezident farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida mahallalarda «Adliya kuni» tadbirlarini o‘tkazish belgilangan.

Shunga ko'ra, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitov Sardoba tumanida sayyor qabul o'tkazib, aholining muammolarini o‘rgandi. 

Tadbirda Usmonova Nigora Yaxyoyevna — Quyitosh mahallasi Chetariq koʻchasi Dekretdan qaytganda ishga qabul qilmaganligidan narozi. joyida xal etildi “Quyitosh” mahallasida istiqomat qiluvchi N.Usmonovaning dekret ta'tilidan so'ng ishga qaytolmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati joyida ijobiy hal qilindi.

“Yurtdosh” mahallasidan kelgan fuqaro A.Toʻxtayevaning nogiron farzandiga uy-joy berish yuzasidan murojaati o‘rganilib, amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda kredit, pensiya tayinlash, aliment undirish, ishga joylashish, order, ko'chmas mulk oldi-sotdisi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi, shundan 5 tasi joyida o‘z yechimini topdi, 7 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi va o'rganish muddat talab qiladigan 8 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Tadbir davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi hamda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi va bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida keng ma'lumotlar berildi.

Sayyor qabuldan so'ng, "Quyitosh" mahallasi "yettiligi" bilan muloqot qilinib, aholining huquqiy muammolarini uyma-uy o'rganish va ijobiy hal etish yuzasidan o'zaro fikr almashildi hamda kelgusida birgalikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

"Adliya kuni" doirasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o'rganildi.Jarayonda anketa-savolnomalari to‘ldirilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page