Sessiyada Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi

Sessiyada Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi

@adliya

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining navbatdagi Oltinchi chaqiriq ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Boyovut tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xalmatovning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yilning 2-choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Ta'kidanganidek, Adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 2-choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotdagi holati o‘rganib chiqildi, huquqni qo'llash amaliyoti sohasida 9 ta tuman darajasidagi tashkilotlarda o'rganishlar va 12 marotaba monitoringlar o'tkazildi.

Sessiyada usbu o'rganishlar va monitoring natijalari tahlil qilindi. Kun tartibidan o'rin olgan mazkur masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page