BOYOVUTDA "ADLIYA KUNI" O'TKAZILDI

BOYOVUTDA "ADLIYA KUNI" O'TKAZILDI

@adliya

Aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda fuqarolarning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish maqsadini ilgari surgan “Adliya kuni” tadbiri Boyovut tumanining “Istiqlol” mahallasida tashkil qilindi. Unda adliya vazirligi mas'ullari, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig'i Jahongir Zoxidov adliya organlariga yuklangan qo‘shimcha vazifalar, aholining huquqiy muammolarini aniqlash va uni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida to'xtalib o'tdi.

"Adliya kuni" kuni doirasida sayyor qabul o'tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Sayyor qabulda uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, bandlik, meros, kredit olish, mehnat munosabatlariga oid 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan 8 ta murojaat joyida o'z yechimini topdi, 20 ta murojaat bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, o'rganish muddat talab qiladigan 22 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Tadbir doirasida aholiga adliya,davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, notarius, advokat, "Madad" NNT, kadastr, bandlik, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, bank muassasalari va boshqa tashkilotlardan bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning sud-huquq sohasiga oid muammolari yechimi yuzasidan manzilli targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

"Adliya kuni" tadbiri 4 nafar boyovutlik yoshga quvonchli onlarni hadya etdi. 16 yoshga to'lgan bu yoshlarga ID karta tantanali ravishda topshirilib, badiiy adabiyotlar tuhfa qilindi.

Tadbir doirasida Adliya boshqarmasi boshlig'i Jahongir Zoxidov "istiqlol" mahallasi "yettiligi" bilan suhbatlashdi.

Muloqotda endilikda joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari, shuningdek uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalari o‘tkazilishi ta'kidlanib, aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga ko'maklashish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi alohida qayd etildi. 

Adliya kuni' doirasida 62 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Shu kuni adliya mas'ullari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholining muammolari o'rganildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page