Adliya va yoshlar muloqoti samarali bo'ldi

Adliya va yoshlar muloqoti samarali bo'ldi

@adliya

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi binosida texnikum o‘quvchilari hamda Guliston shahar adliya bo‘limiga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangiliklar va dunyo tajribasi, qonunchilikdagi imtiyoz va va tartib-taomillar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

Muloqot davomida maktablarda «Huquq sinfi» va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda «maktab — lisey — texnikum — universitet» tizimi joriy etilishi, ta’lim muassasalarida «Huquqiy bilimlar oyligi»ning o‘tkazib borilishi, o‘quvchilar va talabalarga huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalari yaratilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya mas’ullari tomonidan batafsil javob berdi.

Report Page