Adliya "mahalla yettiligi" bilan yanada faol ishlaydi

Adliya "mahalla yettiligi" bilan yanada faol ishlaydi

@adliya

Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Sirdaryo tumanidagi “Yoshlik” hamda Yangiyer shahridagi “A.Jomiy” mahallalarida bo‘lib, “mahalla yetttiligi” bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliqchi, ijtimoiy xodim bilan suhbatlashib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda “mahalla yettiligi”ning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham va boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoniga asosan endilikda joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish, olis hududlardagi mahallalarda sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Muloqot davomida endilikda “mahalla yettiligi” bilan doimiy hamkorlikda ishlarni tashkil qilish, aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi. 

Shuningdek, mahalla yettiligining fikr-mulohazalari tinglanib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, aholining huquqiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page