"HUQUQIY TARG'IBOT KUNI" HUQUQIY MASALALARGA YECHIM

"HUQUQIY TARG'IBOT KUNI" HUQUQIY MASALALARGA YECHIM

@adliya

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi hamda Mahallalar uyushmasi Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan “Yoshlik” mahallasi aholisi uchun “Huquqiy targ‘ibot kuni” tashkil qilindi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov, tuman hokimi M.Hatamov, Xalq qabulxonasining tuman mudiri T.Karimov ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab, qonunchilikdagi yangiliklar, adliya tizimidagi islohotlar sodda va xalqchil tilda yetkazildi.

“Huquqiy targ‘ibot kuni” huquqiy saylga aylandi. Tadbir davomida aholiga bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati yaratildi. 

Fuqarolar kundalik hayotida duch kelinayotgan muammolar yuzasidan adliya, sud, notarius, FHDY, “Madad” NNT, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, kommunal soha, bandlik, bank idoralari mas’ullari bilan muloqotda bo‘lib, huquqiy maslahatlar oldilar.

Shu kuni aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, tadbirkorlik sub’yektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati



Report Page