“Yangi O‘zbekiston” mahallasida "Huquqiy targ'ibot kuni" o'tkazildi
@adliya“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy targ‘ibot kuni” sifatida belgilandi.
“Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida Xovos tumanining “Yangi O‘zbekiston” mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 50 nafardan ziyod aholi va yoshlar ishtirok etdi.
Aholining huquqiy muammolari yechimlariga qaratilgan ushbu manzilli targ‘ibot tadbirida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollariga to‘laqonli javob olishdi.
Xususan, tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron resurslar orqali onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilarga targ'ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati