SIRDARYODA "ADLIYA SAYLI"

SIRDARYODA "ADLIYA SAYLI"

@huquqiytarg'ibot
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

 “Adliya sayli”. Har yili o'tkazilishi an'anaga aylangan mazkur tadbir sirdaryoliklarni Guliston shahridagi Bilimdonlar maskanida jamladi. Tadbir jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada oshirish, aholiga huquqiy axborotlarni, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazishdek ezgu maqsadlarni o‘zida ifoda etdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbirni Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i Salohiddin Sattarov kirish so‘zi bilan ochdi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

- Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, shiddatkor zamon har bir fuqarodan huquqiy bilim, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlikni talab etadi. Bunda targ‘ibot va tashviqot ishlari keng jamoatchilikka hayotbaxsh islohotlarni yetkazishda yuqori samara beradi, - dedi S.Sattarov o‘z ma’ruzasida.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Sayilda aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida viloyatdagi 30 ga yaqin davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maslahat burchaklari tashkil qilinib, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar olish, kredit va mikroqarz olish, eksport qilish va investisiya kiritish, aliment undirish, soliq va davlat xizmatlaridan foydalanish kabi hayotiy zarur masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi, sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Shunigdek, adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulllar tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Keng qamrov kasb etgan ushbu tadbirda aholining, xususan, yoshlarning huquqiy bilimlari test savollari orqali sinovdan o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

“Zakovat” intellektual o‘yini yoshlarning huquqiy-ma’rifiy bilimlarini sinash imkonini berdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Sinovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlar va aholi Adliya logotipi tushirilgan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Sayil davomida besh muhim tashabbus asosida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, aholi uchun tibbiy ko‘rik va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

“Adliya sayli”da nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati asosiy e’tiborda bo‘ldi. Xususan, “Biz birgamiz” aksiyasi doirasida nogironligi bor fuqarolarning ko‘rgazmalari tashkil etilib, ommaga namoyish etildi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Sayil davomida fuqarolar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan antropometrik kuzatuvdan o‘tdilar, tibbiy tahlillar topshirib, salomatliklarini tekshiruvdan o‘tkazdilar, sog‘lom ovqatlanish yuzasidan mutaxassislardan maslahatlar oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

 Sayil doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuvchilik, kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning amaliy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Bunda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandigiga alohida e’tibor qaratildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbirda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining “Adolat qanotlari”, “Street law” targ‘ibot guruhlari faol ishtirok etishdi. Sayil davomida ishtirokchilarga “Yo‘l qoidasi – umr foydasi”, "Biz huquqbuzarlikka qarshimiz", "Giyohvandlik - umr zavoli", “Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi”, “Korrupsiya mamlakat ravnaqini barbod qiladi”, “Xavfsizlik kamari xavfsizligingiz garovi” mavzularida tushuntirish-targ'ibot tadbirlari o'tkazildi hamda buklet va flayerlar tarqatildi. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan “Adliya sayli” viloyatning taniqli san'atkorlari, Milliy madaniy markazlar, yosh havaskor xonanadalar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yanada fayzli bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbir so‘ngida sayilda faol ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlariga viloyat adliya boshqarmasining sovg'a va tashakkurnomalari topshirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

Report Page