Gulistonlik yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishtirildi

Gulistonlik yoshlar harbiylar hayoti bilan tanishtirildi

@adliya

2024-yil -“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan Adliya organlari va muassasalari tomonidan ham yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi va hududiy adliya bo‘limlariga to‘rtinchi sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 7 820 nafar yoshlar biriktirilib, ular bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish doimiy e'tiborda.

Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassislik bo'yicha tayyorlash markazida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda harbiy xizmatga va sportga qiziqishi bo'lgan yoshlar jam bo'lishdi.

Uchrashuvda dastlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida keng ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, vatanparvarlik, harbiy kasb mas’uliyati va mashaqqati, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati haqida so'z yuritilib, Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi alohida ta'kidlandi.

Ayniqsa, harbiy mutaxassislikka tayyorlanayotgan chaqiriluvchilarning Markazdagi mashg'ulotlar va yaratilgan sharoitlar haqidagi fikr-mulohazalari yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.

Muloqotdan so'ng, yoshlar Markazda chaqirilivchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnika va harbiy anjomlar ko'rgazmasi bilan tanishtirildi.

Bir so'z bilan aytganda, mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik, yurtga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati




Report Page