Davra suhbatida korrupsiyaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar tushuntirildi

Davra suhbatida korrupsiyaga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar tushuntirildi

@adliya

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda har bir sohani tubdan rivojlantirish hamda shaffof va adolatli muhitni yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad xalqimiz uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, aholining turmush farovonligini yanada oshirishdan iborat. 

Islohotlar ana shunday ezgu maqsadlar uchun xizmat qilar ekan, jamiyatda sodir bo‘ladigan huquqbuzarliklarni oldi olinadi, korrupsiyaga barham beriladi.

Sirdaryo tuman yuridik xizmat o‘rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Unda jamiyat rivojiga to‘siq bo‘luvchi korrupsiya va unga olib boruvchi har qanday huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashish lozimligi ta’kidlanib, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, davra suhbatida qonunchilikdagi yangiliklar, xususan Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tildi hamda energoresurslar bilan bog‘liq yangiliklar tushuntirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page