Adliya boshqarmasida navbatdagi "Ma'rifat soati" o'tkazildi

Adliya boshqarmasida navbatdagi "Ma'rifat soati" o'tkazildi

@adliya

Bugun axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ehtiyoj yuqori bo'lgan davrda axborot xavfsizligini ta’minlash, turli tahdid va hodisalarni oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 

"Huquqiy axborot kuni" loyihasi doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat soati” tizim xodimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadiga qaratildi.

Tadbirda boshqarma tarkibiy bo‘linmalari, “ZOOM” havolasi orqali tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY va davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirok etishdi.

“Ma’rifat soati”da viloyat ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Saidahmad Yuldashev “Internet va undan foydalanish” mavzusida ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, global axborotlashtirish va kompyuterlashtirish asrida raqamli texnologiyalar ommalashishi bilan bir qatorda bu sohada axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan huquqbuzarliklar soni ham yil sayin ortib bormoqda. 

Tadbir davomida axborot xavfsizligi, kiber-firibgarlarning ma’lumotlar manbai, messenjer va elektron pochtalarda xabar almashish xavflari, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda axborot xavfsizligi, elektron imzo kalitini yo‘qotish, saqlash vositalari bilan xavfsiz ishlash, xavfli dasturiy ta’minotlarning kompyuterlarga tushish yo‘llari haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar va ularga qarshi kurashish usullari ko‘rgazmali taqdimotlar, videoroliklar asosida batafsil tushuntirildi. Yakunda xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page