Adliya ko‘magida 20 yillik uy-joy muammosi hal bo‘ldi

Adliya ko‘magida 20 yillik uy-joy muammosi hal bo‘ldi

@adliya

Fuqaro M. Usmonov 2003-yildan buyon Yangiyer shahar “Shukrona” mahallasidagi xonadonlardan birida istiqomat qilib kelayotganini, biroq mazkur uy-joyni o‘z nomiga rasmiylashtirishda huquqiy yordamga muhtoj ekanini bildirib, Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi. Murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaro ushbu xonadonda 20 yildan ortiq vaqt mobaynida uzluksiz yashab kelgani, barcha kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgani hamda uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlagani aniqlandi.

Shuningdek, aniqlanishicha, xonadon dastlab 2003-yilda N. Vigdorovich tomonidan sotib olingan bo‘lsa-da, turli sabablarga ko‘ra rasmiylashtirish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan. Kadastr hujjatlari, notarial ma’lumotlar, mahalla dalolatnomasi hamda qo‘shnilar tomonidan berilgan tushuntirish xatlari fuqaroning ushbu uyda uzoq yillardan buyon halol, oshkora va uzluksiz yashab kelganini tasdiqladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga muvofiq, mulkdor bo‘lmagan, biroq ko‘chmas mol-mulkka kamida o‘n besh yil davomida o‘ziniiki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritadi.

Mazkur holatga asoslanib, Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, mazkur xonadonga nisbatan fuqaro M. Usmonovning egalik huquqi belgilandi.


Javohir Komilov,

Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i v.b.


Report Page