Tadbirkor foydasiga 140 197 451 so‘m pul mablag‘i undiriladigan bo'ldi

Tadbirkor foydasiga 140 197 451 so‘m pul mablag‘i undiriladigan bo'ldi

@adliya

«Example rise» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Mirzaobod tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi o‘rtasida shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnomaga asosan bajarilgan ishlar uchun haq o‘z vaqtida to‘lab berilmagani oqibatida taraflar o‘rtasida qarzdorlik vujudga kelgan. 

Mazkur qarzdorikni undirish yuzasidan MCHJ rahbarining Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga yo‘llagan yozma murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanihicha, taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan da’vogar tomonidan javobgarga jami 140 197 451 so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilgan hamda tegishli xizmatlar ko‘rsatilgan.

Biroq, javobgar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan, yetkazib berilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati to‘liq to‘lab berilmaganligi oqibatida, da’vogar oldida qarzdorlik yuzaga kelgan.

O‘rganish davomida qarzdorlikni yuzaga kelishiga sabab oziq-ovqat mahsulotlari yetkazishni autsorsing usulida tashkil etish bo‘yicha shartnomalar yuzasidan tender o‘tkazilmaganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Bundan ko‘rinadiki, shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga zid ravishda tuzilgan, ya’ni shartnomalarni rasmiylashtirishda Davlat xaridlari bo‘yicha qonun hujjatlariga amal qilinmagan, ya’ni taraflar o‘rtasida elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash, tender, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari turlariga amal qilgan holda mahsulot oldi-sotdisi amalga oshirilmagan. 

Mazkur holatda FKning 116-moddasiga ko‘ra taraflar o‘rtasidagi shartnomalar o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanishi inobatga olinadi.

Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.

Yuqoridagilarga asosan Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi. 

Natijada sudning hal qiluv qarori bilan javobgar tashkilot hisobidan mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 140 197 451 so‘m pul mablag‘i undirilishi belgilandi.


Hokimbek Erkaboyev,

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i


Report Page