Guliston davlat universitetida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Guliston davlat universitetida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi

@adliya

Aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida hududlarda keng qamrovli targ'ibot aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ayni kunlarda universitet o‘qituvchi va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Targ‘ibotchilar bugun Guliston davlat universiteti yoshlari bilan uchrashdi.

Muloqotda vatanimiz kelajagi va ravnaqi yо‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan Konstitutsiya, mehnat qonunchiligi, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor ahamiyati, kambag'allikni qisqartirish, aholi, xususan yoshlar bandligini ta'minlashga doir qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, yoshlar portali, edvice.uz, Lex.uz, my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida keng ma'lumotlar berilib, ushbu manbalardan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Yosh targ‘ibotchilar turli interfaol o‘yinlar tashkil etib, yoshlar islohotlarga befarq bo'lmaslikka chaqirildi.

“Islohotlarga daxldorman” shiori ostidagi tadbirlar Sirdaryo bo‘ylab davom etmoqda.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati 

 



Report Page