Umumxal hasharida tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari va filiallari xodimlari ham munosib hissa qo‘shdilar

Umumxal hasharida tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari va filiallari xodimlari ham munosib hissa qo‘shdilar

@adliya

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida tuman (shahar) adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari va filiallari xodimlari ham munosib hissa qo‘shdilar.

Hashar davomida bino va bino hududlarida tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Atrof supurib-sidirildi, ariqlar ichi, bino hududlari chiqindilardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib oqlandi, ko‘chatlar ekilib, gul urug‘lari sepildi. 

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzidir. Navro‘z umumxalq bayrami oldidan tashkil etilgan ushbu tadbir xalqimizning ana shunday ezgu qadriyatlarini yana bir bor o‘zida namoyon etdi.


Oqoltin tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Boyovut tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Guliston tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Shirin shahar adliya bo'limida hashar qizg'in

Sardoba tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Sayxunobod tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Guliston shahar adliya bo'limida hashar qizg'in

Sirdaryo tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Yangiyer shahar adliya bo'limida hashar qizg'in

Mirzaobod tuman adliya bo'limida hashar qizg'in

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page