Respublika ishchi guruhi sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi
@adliya axborot xizmati
Sirdaryo viloyatida aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirigʻiga binoan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida oʻz ishini boshladi. Aholining huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish bo'yicha manzilli choralar ko'rish maqsadida Adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
"Mitaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy- tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda intellektual yaratilgan mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilinishi" mavzusida o'tkazilgan seminarda import, eksport bilan shug‘illanuvchi tadbirkorlar, Guliston davlat universtitetining ilmiy tadqiqot olib bloruvchi o‘qituvchi – professorlari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlarining tavar belgisini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori o‘rinbosari M. Mansurov hamda Markaz Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayevlar o‘z ma’ruzalari tinglandi.

Muloqotda tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibi va qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida tuman (shahar) adliya bo‘limlarining DXM mutaxassislari uchun intellektual mulk ob’yekti tovar belgisining muhofazasi uchun topshiriladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar olib borildi.

Tadbir so‘ngida sayyor qabul tashkil etilib, unda Guliston davlat universtitetining ilmiy tadqiqot olib boruvchi o‘qituvchilarining mualliflik huquqini davlat tomonidan muhofazasi bo‘yicha murojaatlari belgilangan tartibda o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati