Sirdaryo tumani "Shirin" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" otkazildi

Sirdaryo tumani "Shirin" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" otkazildi

@huquqiytarg'ibot
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini takomillashtirish, fuqarolarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini oshirish, ularning huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish maqsadida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi va tuman davlat xizmatlari markazi hamkorligida Shirin mahallasida “Huquqiy axborot kuni” tashkil etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbirda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Ernazarov bu boradagi qonunchilikka oid yangiliklar bilan tanishtirdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

“Huquqiy axborot kuni” doirasida sayyor qabul ham o‘tkazilib, aholining muammolari o‘rganildi. Albatta, har bir fuqaro turli hayotiy masalalar yuzasidan soha xodimlariga murojaat qildilar.Тадбир мобайнида “Ayollar daftari”, “Temir daftar” hamda “Yoshlar daftar”larida roʻyxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan muloqot qilindi, uy-joyni rasmiylastirish singari aholini o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab muammolarga huquqiy yechimlar topildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, tadbirda aholiga sayyor xizmatlar ko’rsatildi. DXM xodimlari tomonidan 3 nafar fuqarolarga “E-AUKSION”da ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlari olib berishlishi taʼminlandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi


Report Page