Adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi

Adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi

@adliya

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi. Unda Guliston shahar 4-sektor hududida joylashgan, adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, adliya organlarining vazifa va funksiyalari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, yoshlar huquqlari va vatanparvarlik mavzusida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so'ng yoshlar boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, tarkibiy boʻlinmalarda ish jarayonining borishini kuzatdilar.

Guliston shahar adliya bo'limida ham bo'lgan o'quvchilar yuridik xizmat ko'rsatish markazi faoliyati, "E-huquqshunos" elektron tizimida ishlash jarayonlarini ko'rdilar.


Davlat xizmatlari markaziga sayohat davomida yoshlar aholiga yaratilgan qulayliklar, sifatli, tezkor va shaffof xizmat ko'rsatish jarayonlari bilan tanishtirildi hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari tushuntirildi.

Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Eng muhimi, ular adliya organlari faoliyati, adliya vazirligining 100 yillik tarixi va bugungi adliya to‘g‘risida to'liq tasavvurga ega bo‘ldilar.

 

 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati


Report Page