NNTlarning rolini oshirish muhim vazifa

NNTlarning rolini oshirish muhim vazifa

@huquqiytarg'ibot
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Sirdaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan NNTlarning grant loyihalarida samarali ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ishlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

 Seminarda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida, NNTlar tomonidan grant va ijtimoiy buyurtma va Xalqaro grant olish hamda amalga oshirish tartiblari haqida, Xalq deputatlari kengashi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2022-yilga grant va ijtimoiy buyurtma rejalari to'g'risida ma'ruzalar tinglandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

Tadbirda O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari D.Mirzayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev va “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat rahbari D.Abdullayeva o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.


 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi

Report Page