Yetim bolalar va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat himoyasida

Yetim bolalar va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat himoyasida

@adliya axborot xizmati

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalasi ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo'lmoqda.

Yangiyer shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolarning roʼyxati shakllantirilib, ulardan kelib tushadigan murojaatlarga bepul yuridik xizmat koʼrsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yangiyer shahar 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil olayotgan ana shunday bolalar hamda ularning vasiylari bilan muloqot tashkil qilindi. Jarayonda ularning yashash sharoitlari oʼrganildi, qonuniy manfaat va huquqlari buzilgan taqdirda Markaz tomonidan bepul yuridik xizmat koʼrsatilishi tushuntildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati



Report Page