Adliya yordam berdi, fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

Adliya yordam berdi, fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

@huquqiytarg'ibot

Shirin shahar M.Ulugʼbek mahallasi, 3-daha, 8-uy, 11-xonadonda yashovchi fuqaro Muhabbat Yunusova tabiiy gazdan hisoblangan qarzdorlikdan norozi boʻlib adliya bo'limiga murojjat qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun 629040 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Mazkur murojaat Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

 “Billing Gaz” dasturidan olingan maʼlumotga asosan, fuqaro nomiga tabiiy gazdan noreal qarzdorlik hisoblangan.

Yuqoridagilarga asosan, “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti filialiga taqdimnoma kiritildi.

Shunga koʻra, mazkur xonadonning tabiiy gazdan qarzdorligi xatlovdan oʻtkazilib, asossiz qarzdorlik M.Yunusovaning shaxsiy hisob raqamidan olib tashlandi va fuqaro xonadoni gaz ta’minotiga qayta ulandi.

- Tabiiy gaz, elektr energiyasi va boshqa kommunal to’lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelaman. Tabiiy gaz uchun qarzdorlik hisoblanib, xonadonim tabiiy gaz ta’minotidan uzildi. “Shirinshahargaz” gaz ta’minoti filialiga bir necha marotaba murojaat qildim, biroq qarzdorlik to’lansa, keyin ta’minotga ulanishim mumkinligini aytishdi. Shundan so‘ng men huquqiy maslahat va ko’mak so’rab Adliya bo’limiga keldim, - deydi  M.Yunusova. Ular murojaatimni e’tiborsiz qoldirishmadi, minnatdorman.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida fuqaroga isteʼmolchi va xizmat koʻrsatuvchilarning huquq va majburiyatlari hamda tabiiy gazdan foydalanish tartiblari tushuntirildi.


 Xakimov Ikrom,

Shirin shahar adliya bo'limi boshlig'i v.b.


Report Page