"Zulfiyaxonim izdoshlari".

"Zulfiyaxonim izdoshlari".


Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Vobkent tuman boʻlinmasi hamda Xalq taʼlimi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Vobkent tuman 2-umumiy o'rta taʼlim maktabida maktab oʻquvchilari oʻrtasida Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bagʻishlangan "Zulfiyaxonim izdoshlari" deb nomlangan badiiy kecha boʻlib oʻtdi.

Tadbirni maktab MMIBDO'  E.I.Imamova ochib berib, shunday dedi: òzbek she'riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she'rini yod olmagan o`quvchi oramizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o`z she'rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda. Shundan sòng òquvchilar davraga kirib keldi.

Tadbirda o'quvchilar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijod yo'li haqida ma'lumotlar berildi va she'rlar aytildi.

Zulfiya  Isroilova  1915 -yil  1-martda  Toshkentda hunarmand oilasida  tug`ilgan.  Otasi  zahmatkash temirchi  bo`lgan,  onasi  Xadicha opa  qo`shiq, ertak  va afsonalarni juda ko`p bilgan va bolalarga aytib bergan.

Tadbir o'quvchilar qalbida, Zulfiyaxonimning ijodiga bo'lgan chuqur ehtirom bilan birga bahoriy kayfiyat ulashdi.

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchi

Gulnoza Jumayeva.


Report Page