"Zukko kitobxon"

"Zukko kitobxon"


Aholi, ayniqsa, yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish orqali aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish maqsadida Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi hamkorligida hududlarda "Zukko kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazilmoqda.

Bugun Qorako'l tumani Ma'naviyat va ma'rifat maskanida tuman Adliya bo'limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qorako'l tumani bo'linmasi hamkorligida "Zukko kitobxon" ko'rik tanlovining tuman bosqichi tashkil qilindi.

Tanlovda 10 nafar yoshlar ishtirok etib, belgilangan nizom asosida 25 ta savollarga javob berishdi. Tanlovda faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qorako'l tumani bo'linmasi

Report Page