"Zo'ravonlikka qarshi kurashish" davra suhbati
☬ 𝓜𝓲𝓻𝓼𝓱𝓸𝓭𝓳𝓸𝓷 𝓐𝔃𝓲𝓶𝓸𝓿Joriy yilning 20-oktabrida Buxoro davlat Pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i S.S.Radjabov, BDPI profilaktika inspektori F.F.Aslanov, BDPI xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi M.L.Umedjanova, BDPI TTJ tarbiyachisi L.I. Saidova Buxoro shahar FMB IIO xodimlari N.S.Abzalova, L.Muxsinova, M.Yakubova, “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti va “Pedagogika va ijtimoiy fanlar” fakulteti talaba-qizlari bilan “Zo‘ravonlikka qarshi kurash”, “Himoya orderi”, “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga ilg‘or ish usullarini joriy etish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tashkil etishni taqozo etadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zo‘ravonlikning kamayishiga olib keladi.
2017– 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida“ notinch oilalar farzandlari, uyushmagan yoshlar, ish bilan band bo‘lmagan, “ommaviy madaniyat“ ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ularning ota-onalari mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasi“ kabi dolzarb vazifalar nazarda tutilganini aytib o'tildi.
O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi ta'kidlandi. Davra suhbati oxirida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob beridi.