"Zo'ravonlikka qarshi 16 kun"
TKTI Shahrisabz filiali matbuot xizmati25-noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan ishlab chiqilgan "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Zo'ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda Shahrisabz tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektor mayyor Mohigul Kenjayeva, jurnalist Sarvinoz Qambarova, o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sirojov, Yoshlar masalalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari F.Xidirov, leytenant B.Nosirov, Xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova, “Oziq-ovqat texnologiyasi” fani o`qituvchisi Sh.Uzoqova hamda faol talabalar ishtirok etishdi.

Talabalarga kerakli ma`lumotlar berildi.
