Zomin Resort'dan "GARMONIYA" turi

Zomin Resort'dan "GARMONIYA" turi


Shahar havosida chang va ifloslanish darajasi yuqoriligi sababli immunitet zaiflashib, kattalar va bolalar tez-tez kasallikka chalina boshlashadi. Zamonaviy megapolis sharoitida sifatli dam olish va organizmni tiklash uchun vaqt ajratish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan shu sababli biz sizga go‘zal Zomin milliy bog‘ida dam olish va hordiq chiqarish uchun maxsus promo-paketni taqdim etmoqchimiz. Musaffo havosi va ajoyib manzaralari bilan sog‘likni tiklash uchun ideal sharoitni ta'minlaydigan betakror tog' tabiatiga quchoq oching. Sizni Wyndham xalqaro tarmog‘ining orombaxsh mehmonxonalari kutmoqda. Bu yerda o‘tkazadigan har bir daqiqangiz quvvatingizni to‘liq tiklashga va immunitetingizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tur davomiyligi – besh kun. Har hafta dushanbadan jumagacha amal qiladi.


"SILVER" TO‘PLAMIDA QANDAY XIZMATLAR TAQDIM ETILADI?

✔️ Mehmonxonada yashash (bir kishilik yoki ikki kishilik xona)

✔️ Uch mahal ovqatlanish (shved stoli uslubida)

✔️ Kunning istalgan vaqtida foydalanish mumkin bo‘lgan sport zali

✔️ Diskoteka

✔️ Kanat yo‘lida yuqoriga chiqish (ikki kishi uchun)

✔️ SPA-hududi: hammom, basseyn, sauna, tuz xonasi

✔️ Bir nechta turli xil sayohatlar


TUR NARXINI SOTUV BO‘LIMIDAN +998 95 899-55-11 RAQAMI ORQALI BILIB OLISHINGIZ MUMKIN

Qoʻngʻiroq vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha







Report Page