Zarur sifatga ega bo'lmagan issiqlik xizmatlari sababli qayta hisob-kitoblar yuzasidan «Veolia Energy Tashkent» XK MChJning tushuntirishi

Zarur sifatga ega bo'lmagan issiqlik xizmatlari sababli qayta hisob-kitoblar yuzasidan «Veolia Energy Tashkent» XK MChJning tushuntirishi


Hurmatli Toshkent aholisi,

Havoning keskin sovishi va gaz bosimining pasayishi sababli, Toshkent shahrining issiqlik ishlab chiquvchi va ta’minlovchi korxonalari tomonidan iste’molchilarga parametrlarga va harorat jadvaliga mos issiqlikni uzata olmadilar.

Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, issiqlik ta’minotida vujudga kelgan uzilishlar sababli, «Veolia Energy Tashkent» XK MChJ issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi tashkiloti issiqlikni talab darajasida yetkazmagan davri uchun qayta hisob-kitob ishlarini bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-qarori bilan «Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari»ga muvofiq o'z vaqtida va zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasini yetkazib bermaganlik uchun qayta hisob-kitoblar quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

✅ turar joy binosi issiqlik ta’minoti tizimiga kech ulangan holda;

✅ past parametrlar sababli sifatsiz issiqlik ta’minoti yetkazilgan yoki umuman yetkazilmagan hollarda;

✅avariyaviy vaziyatlar yoki boshqa turdagi shikastlanishlar vujudga kelgan hollarda.

Ushbu hollarda qayta hisoblash yuqoridagi qoidalarning 131, 132-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Isitishdagi to'xtashning ruxsat etilgan davomiyligi 1 oy ichida 24 soatdan (jami) ko'p bo‘lmasligi kerak.

Issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi yoki zarur sifatga ega bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma issiqlik ta’minoti bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi. 

Amaldagi Qoidalarning 136 bandiga muvofiq, amalga oshirilgan qayta hisob-kitob qilish keyingi hisob-kitob davrining iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda hisobga olinadi.

👉  «Veolia Energy Tashkent» XK MChJning ba’zi tuman boshqarmalarida qayta hisob-kitob jarayonlari boshlandi.

Tez va ishonchli ma'lumotlarni olish, shuningdek OAVdagi ma’lumotlarni kuzatib borish uchun rasmiy “Veolia Energy Tashkent” Telegram kanaliga obuna bo'ling.

Report Page