Zarrachalar tezlatgichi nima uchun kerak?

Zarrachalar tezlatgichi nima uchun kerak?


Tezlatgichlarning asosiy qoʼllanilish sohasi bu – tibbiyot, masalan: terapiyada (birinchi navbatda onkologiya kassalliklari), sterillashda, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirishda, antiseptiklar ishlab chiqarishda, hamda diagnostikada qoʼllaniladigan izotoplarni ishlab chiqarishdir. Tezlatgichlarda hosil qilingan nurlanishlar: masofaviy nur terapiyasi, intraoperatsion terapiya, saraton oʼsimtalarini yo'qotishda mexanik usullar kuchsiz boʼlgan jabhalarda qoʼllaniladi. 

Bilasizmi? Dunyodagi eng katta eksperimental tezlatgich qurilmasi Jeneva yaqinida, Shveysariya va Fransiya chegarasida oʼrnatilgan. Bu qurilma - Katta adron kollayderi deb nomlanganligi ham bejizga emas.

Kollayderning xaritadagi joylashuvi
Kollayderning ko'rinishi

Sterillash

Tezlatgichlar tufayli radiatsiyaviy sterillash jarayonini bir necha baravar samarali va tezkor amalga oshirish imkoniyati mavjud boʼldi. Shuningdek, bu usul yordamida katta hajmdagi qadoqlangan mahsulotlarni konveyr rejimida, termal va kimyoviy qayta ishlashda yuzaga keladigan material xossalarining salbiy oʼzgarishlarisiz amalga oshirish mumkin.

  Izotoplarni ishlab chikarish

Siklotronlar (tsiklotron - zarrachalar tezlatgichining bir turi) tibbiyot texnologiyalarida toʼgʼridan-toʼgʼri ishtirok etmasada, lekin tibbiyot izotoplarini ishlab chiqarishni ularning ishtirokisiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Tezlatgichlar yordamida pozitron-emission tomografda – PET ishlatiladigan oʼta muhim nostabil izotoplar (18F, 15O, 13N, 11C) va bir fotonli emission kompyuter tomograflarda - BFEKT ishlatiladigan (81Rb, 123I, 87Y, 201Tl, 111In, 67Ga) izotoplar hosil qilinadi.

Bu kabi davolash qurilmalarida yarim yemirilish davri daqiqalarda oʼlchanadigan, qisqa va ultraqisqa yashovchi radionuklidlar boʼlishi zarur. Shu sababli, bunday izotoplarni qoʼllanilish maskani izotoplarni ishlab chiqarish sanoatiga yaqin atrofda joylashishi maqsadga muvofiq. Qator davlatlar (avvalambor АQSh) bu sohada istiqbolli dasturlarni yaʼni tezlatgichlardan foydalangan holda, dunyoda eng koʼp ishlatiladigan Texnetsiy-99 ( 99mTc) radioizotopini katta miqdorda ishlab chiqarishni amalga oshirmoqda. 

Hozirgi kunda yadro reaktorlarida U-235 ning boʼlinishidan hosil boʼladigan Molibden-98 (Mo-98)ni radionuklid generatorlarida texnetsiy-99 ( 99mTc)ni ishlab chiqarish sanoat darajasida yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, mazkur usul yordamida texnetsiy-99ni ishlab chiqarish Oʼzbekiston Respublikasi FА YaFIda joydlashgan VVR-SM reaktorida ham hosil qilinadi.

У-150 II tsiklotroni

1991 yilda U-150 II tsiklotronining bazasida OOO "TEZLATGICH" tashkil etildi va uning yordamida yuqori sifatli radioizotoplar, xususan Co-57 ishlab chiqarish va eksportga joʼnatish yoʼlga qoʼyildi.

Аytib oʼtish joizki, tezlatgichlar nafaqat tibbiyotda balki fizikaviy tadqiqotlarda va sanoatda keng qoʼllaniladi. Tahlil natijalariga koʼra: jami tezlatgichlarning 44% - saraton kasalliklari terapiyasida, 41% - ionli implantatsiya usuli yordamida mikroelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarishda, 9% - sanoat texnologiyalarida, 4% - past energiya nurlar toʼplami yordamida tibbiy-biologik va boshqa tadqiqotlarda ishlatiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi FА YaFIning olimlari zarrachalar tezlatgichlarida koʼplab salmoqli tajribalarni oʼtkazishmoqda. Institutda yurtimizdagi yagona materiallar va mahsulotlarni radiatsiyaviy qayta ishlash maydonchasi yaratildi. “Elektronika U-003” elektronlar tezlatgichi bazasida tibbyot asbob-uskunalari va farmasevtik dori vositalarini radiatsiyaviy sterillash, polimer naychalarini radiatsiyaviy qayta ishlash, qattiq qotishmalarni mustahkamlash va boshqalar amalga oshiriladi. Tsiklotronlar yordamida yengil yadrolarning tarkibi tadqiq qilingan. 

Shuningdek, radiatsiyaviy materialshunoslik, radiokimyo, radiobiologiya va tibbiyot sohalarida katta miqyosdagi tadqiqotlar amalga oshirilgani, fan va texnika ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega.

Elektronlar tezlatgichi Elektronika U-003


Report Page