Zamonaviy ta'limdagi trendlar

Zamonaviy ta'limdagi trendlar


Taʼlim tendensiyalariga rioya qilish baʼzida modaning paydo boʻlishi va urfdan qolishini tomosha qilishdek tuyulishi mumkin ammo ushbu tendensiyalarni kuzatib borish sizning professional rivojlanish talablaringizni bajarishdan tashqari oʻquvchilaringizni yanada samarali qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi. Quyida taʼlim dunyosidagi trendda boʻlib turgan masalalarni jamladik. Agar siz uchun foydali boʻlsa bundan avvalo oʻquvchilar manfaatdor.

Dunyoda koʻpgina oʻqituvchilar oʻquvchilarni baholash uchun muqobil yoʻllar izlashadi. Negaki anʼanaviy baholash usullari oʻquvchilarning bilim-koʻnikmalarini aniq oʻlchamaydi.

Oʻzlashtirishga asoslangan baholash oʻquvchilarning darsda oʻrgangan koʻnikmalarini qanchalik yaxshi rivojlantirganini oʻlchaydi va qayta topshirish imkoniyatini beradi. Bunda oʻquvchilar raqamli shkala boʻyicha emas, balki tushunchani oʻzlashtirgan yoki oʻzlashtirmagan deb baholanadi. Shunday qilib, oʻquvchilar oʻzlashtira olmagan koʻnikmalari ustida koʻproq mashq qilishi soʻng qayta urinib natijaga erishishi mumkin boʻladi.


Soʻnggi yillarda taʼlimda har bir bolaga individual yondashuv masalalari oʻrtaga qoʻyilganida har ikki tomonda ham ijobiy munosabatni kuzatish mumkin. Toʻgʻrida agar maktab oʻquv dasturi oʻquvchining oʻziga xos ehtiyojlariga moslashtirilgan boʻlsa, u oʻquvchilarning rivojlanishiga doimgidan koʻproq yordam beradi, chunki har bir bola oʻz tezligida harakat qiladi. Bundan tashqari, moslashuvchan dasturiy taʼminot oʻqituvchilarga oʻz sinfidagi barcha bolalar, jumladan, oʻrganishda nuqsoni boʻlganlar uchun bir xil dasturdan foydalanishga imkon beradi.


Genius Hour — bu juda yangi taʼlim usuli boʻlib, u oʻquvchilarga har kuni bir soat davomida mustaqil va oʻzi tanlagan loyihalar ustida ishlash imkonini beradi. Bu oʻquvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini mashq qilishga undaydi, shuningdek, ularda oʻrganishga chinakam muhabbat uygʻotishi mumkin. Agar siz oʻquvchilarning sinfda faolligini yaxshilash yoʻllarini izlayotgan boʻlsangiz, aynan bu siz uchun ham bolalar uchun ham foydali boʻlishi tayin.


Raqamli fuqaro tushunchasi oʻquvchilarning texnologiya va Internetdan samarali foydalanish qobiliyatiga nisbat berib shunday ataladi. Ayniqsa soʻnggi yillarda bundaylarga talab tobora ortmoqda, oʻquvchilarda raqamli media bilan sogʻlom munosabatlar shakllantirish ularni bundan cheklashdan koʻra manfaatliroqdir.

Qisqa va aniq yoʻnaltirilgan reja bilan bolalarda maxsus akademik koʻnikmalarni hosil qilish bu oz vaqt talab qiluvchi ammo samarali natija beruvchi oʻrgatish usuli hisoblanadi. Bu “ turmush tarzimizning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, uzoqroq vaqtga yoʻnaltirilgan oʻqish va sinfda vaqt oʻtkazish kabi holatlarga qarama qarshi maʼno kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, bu oʻquvchilarga bir vaqtning oʻzida uzoq sinf darslari yoki maʼruzalarda emas, qisqaroq amaliyotlarda bir-biriga asoslangan, vaqt oʻtishi bilan yanada oson tuyula boshlaydigan haqiqiy koʻnikmalarni oʻrganish imkonini beradi.

Yangi koʻnikmalarni oʻrgatish uchun qisqa mashgʻulotlardan strategik foydalanish oʻquvchilarga maqsadli oʻrganish imkonini beradi.

Miya tanaffuslari qisqa, besh-oʻn daqiqalik mashgʻulotlar, masalan, raqsga tushish yoki choʻzilish uchun turish — bu oʻquvchilarga darsda uzoq vaqt davomida diqqatini jamlagandan keyin tetik qolish imkonini beradi. Bu tanaffuslar orqali oʻquvchilar stress yoki xavotirni his qilish ehtimoli kamroq boʻladi va ular diqqatlarini keyingi dars yoki topshiriqlarga yaxshiroq qarata oladilar.

Mutaxassislar fikriga koʻra, tajribali oʻrganish oʻquvchilarga sinfdan tashqari sharoitda oʻrganish va koʻnikmalarni rivojlantirish imkonini beruvchi strategiyadir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun tajribaviy oʻrganish imkoniyatlari cheklangan boʻlishi mumkin. Ammo yuqori sinf oʻquvchilarini sayohatlarga (virtual yoki boshqa) olib borish va ularni maktabdan tashqarida oʻrganishga undaydigan topshiriqlar berish orqali ushbu strategiyadan maksimal darajada foydalanishingiz mumkin.

Siz STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) oʻquv dasturi bilan tanish boʻlsangiz kerak. Ha aynan mana shu dastur oʻquvchilarni bugun talabgor boʻlgan sohalarga malakali kadrlar sifatida yetishtirib beradi. Ammo ushbu fanlar qatoriga sanʼatni qoʻshish ham foydadan holi boʻlmaydi.

Masalan, informatika va matematika darslariga ijodiy topshiriqlar qoʻshish barcha oʻquvchilarga STEM fanlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, STEAM oʻquv dasturi oʻquvchilarga har tomonlama amaliy taʼlim beradi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



Report Page