Zamonaviy morfologiyaning dolzarb masalalari

Zamonaviy morfologiyaning dolzarb masalalari



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasining “Zamonaviy morfologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Kirish so‘zida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor Xudaynazar Yunusov zamonaviy morfologiyaning hozirgi kundagi dolzarb muammolariga batafsil to'xtalib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarma boshlig‘i A.A.Safarov, Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi prorektori, “Anatomiya, patanatomiya va gistologiya” kafedrasi dotsenti D.N.Fedotov, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti “N.U.Bazanova nomidagi hayvonlar biologiyasi” kafedrasi mudiri, professor G.K.Djanabekova, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, v.f.d., professor B.A.Elmurodov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, “Patologik anatomiya sesion biopsiya kursi bilan” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, Z.E.Jumanovlar faol ishtirok etib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Konferensiya ma’ruzalari ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, “Vitamin D3 administration’s therapeutic benefits on embryo implantation”, “Otlar terisining morfologik xususiyatlari”, “Probiotiklar ta’sirida ROSS-308 krossiga mansub broyler jo‘jalar muskulli oshqozonning postnatal morfogenezi”, “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar postnatal ontogenezida tuxum yo‘li voronka va oqsilli qismining mikroanatomik ko‘rsatkichlari”, “Oq yirik, kulrang yirik va flander zotli quyonlar postnatal ontogenezida tirsak suyagining morfologik xususiyatlari” hamda “Postnatal ontogenezda quyonlar buyrak usti bezining morfometrik ko‘rsatkichlari” mavzularida ma’ruza qilindi.

Konferensiya “Morfologiya sohasidagi yutuqlar va dolzarb muammolar” va “Patomorfologiya sohasidagi yutuqlar va dolzarb muammolar” mavzularidagi shoʻbalarga bo‘lingan holda ish ishini davom ettirdi.



Report Page