Zamonaviy kadastr xalq xizmatida
🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimidagi 12 ta tuman kadastr filiallarida 2018-yilgacha atigi 2 ta tuman filiali o‘z binosiga ega bo‘lib, 6 ta tumanda moslashtirilgan binolarda, 4 ta tumanda esa ijaradagi binolarda faoliyat olib borilgan. Xizmat ko‘rsatish ham shunga yarasha yozda issiq, qishda sovuq xonalarda edi.
🔹Muhtaram Prezidentimizning sohaga bo‘lgan eʼtiborlari va 2022-yilning 20-oktyabrda qabul qilgan PQ-405-sonli qarorlariga muvofiq yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash dasturiga asosan Namangan viloyatida ham bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
🔹Hozirda To‘raqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarida yangi binolar qurilib ishga tushirildi. Shuningdek Norin, Namangan va Kosonsoy tuman filiallari zamonaviy loyihalar asosida qayta qurilmoqda.
🔹Biz tizimda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish uchun Norin tumani filiali binosini mukammal taʼmirlash ishlari bilan tanishdik. Jarayon jadallik bilan davom etayotganligi guvohi bo'ldik.
Matbuot xizmati.