Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova Bolgariyada oʻtayotgan Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi

Zamonaviy beshkurash: Alise Faxrutdinova Bolgariyada oʻtayotgan Jahon kubogining yarim finaliga chiqdi


10-maydan 15-mayga qadar Bolgariyaning Albena shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi. Musobaqada jami 24ta davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston sharafini Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Alise Faxrutdinova himoya qilmoqda.

10-may kuni Jahon kubogining yarim finaliga chiqish uchun saralash bahslari boʻlib oʻtdi. Suzish boʻyicha oʻtkazilgan saralash bahslari yakuniga koʻra, Alise Faxrutdinova 271 ball bilan 12-oʻrinni egalladi. Qilichbozlik musobaqalari esa sportchilarning egallab turgan oʻrinlarini oʻzgartirib yubordi. Faxrutdinova qilichbozlik boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi, 19 gʻalaba va 4 magʻlubiyat. Natijada u yana 271 ball toʻpladi va ikkita yoʻnalish yakuniga koʻra lazer-ran musobaqalarini boshqa ishtirokchilarga nisbatan sezilarli vaqt tafovuti bilan boshlash imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Lazer-ran musobaqalarini hamyurtimiz 3-oʻrinda yakunladi va bu natija bilan u ishonchli tarzda yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon kubogining yarim final bahslari 2022-yil 11-12-may kunlari boʻlib oʻtadi.

Boʻlajak musobaqalarda vakilamizga omad tilaymiz.


Report Page