#Zamonamiz qahramoni

#Zamonamiz qahramoni

Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi

Izlanishdan charchamagan ustoz

"Onam kabi ustoz bo‘lishni orzu qilganman"
Har bir kasb egasi muallim qo‘lida o‘z yo‘lini topadi. Inson  yo‘qki, ustoz-muallim, sabog‘isiz kamolga yetgan bo‘lsa. Insoniyat kamoloti uchun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlar xizmati hamma zamonlarda ham e’zozlab kelingan. 
  Onajonisi kabi muallima bo‘lishni orzu qilgan ustoz

 Elda e’zoz topgan ustozlardan biri Suleymanova Shahodat Qosimovna Buxoro shahrida tavallud topdi, ziyolilar xonadoni unga har tomonlama mehr-muhabbatga to‘la maskan bo‘lgani bois o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. Onajonisi Shamsiya Abbasovna izidan borib, xalq farzandlariga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli kasbni zimmasiga oldi. 

Onajonisi Shamsiya Abbasovna bilan

 Maktabdagi ustozlari G. T. Yaxshiyeva, F. Q. Muxtorovalar duosini olgan qiz Buxoro davlat universitetida ham R. Vahidov, E. Qilichev, S. Aliyev, N. Shukrullayev, H. Nematov kabilardan fan sirlarini qunt bilan o‘rgandi, ustozlar olamida o‘zi ham ustoz bo‘lib tanildi. 

Sevimli ustozi Feruza Qodirovna bilan
Ilk odimlar va yutuqlar...

   Ilk faoliyatini Buxoro shahridagi 33-umumta’lim maktabida boshlagan qahramonimiz mazmunli noan’anaviy ochiq darslar, tadbirlar tashkillashtirib jamoa va ota-onalar e’tiboriga tushdi.


Ayniqsa Davronova Gulbahor, Yahyoyeva Maftuna, Hasanova Zebiniso, Sobirova Dilnoza kabi shogirdlari fan olimpiadalarining shahar va viloyat bosqichlarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaganligi SH.Q. Suleymanovada yanada kuch-quvvat, o‘z mehnat samarasini ko‘rishi o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi.

  “Yilning eng yaxshi suxandoni” ko‘rik-tanlovida eng oliy o‘ringa munosib ko‘rilganligi samarali faoliyatining natijasi sifatida e’tirof etildi.

Ilmiy izlanish sari dadil qadamlar...

   Hozirgi kunda Buxoro shahridagi koreys tiliga ixtisoslashtirilgan 42-umumta’lim maktabida 30 yillik tajribaga ega muallima sifatida mehnat qilayotgan ustoz kafedra mudiri, bo‘lim mudiri, kasaba qo‘mita raisi, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar sifatida o‘zini sinab ko‘rdi va o‘z kasbining mohir ustasi sifatida yanada izzat topdi.

«Birodarlashgan maktablar» loyihasi doirasida Koreyadagi Daegu yuqori maktabining bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilari Buxoro shahrida ta’lim sayohatida bo‘lib turishibdi.

✨Sayohat davomida mehmonlar Buxoro shahridagi 42-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati va tengdoshlarining maktabdagi hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

Sharif shahrimizning muqaddas zaminida yashab ijod etgan daholar faoliyatiga qiziqish unda talabalik yillaridan boshlab jurnalistik qobiliyatni sinovdan o‘tkazdi.

     Kichik maqolalar, havaskorona she’riy to‘rtliklar bora-bora ilmiy izlanishlarga chorladi.

“Fonetika bo‘limini o‘qitish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” monografiyasi hammuallifi

     Ustoz SH. Qosimovna filologiya fanlari doktori, professor R.J. Vohidov tavsiyalari bilan erkin tadqiqotchi sifatida qomusiy olim Ahmad Donish haqida ilmiy maqolalar yozdi. Bundan tashqari buxorolik tilshunos olima B. M. Jo‘rayeva bilan hammualliflikda “Fonetika bo‘limini o‘qitish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” monografiyasi ham nashrdan chiqqan.

O‘quvchilarni ijodga ilhomlantirish

Ko‘plab olimlar, shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, o‘quvchilarini ijod olamiga oshno etdi. “Yosh adabiyotshunoslar” to‘garagi a’zolarining ijodiy mashqlarini tahrir etib, birinchi she’riy kitoblarini chiqarishga ham muvaffaq bo‘lgan. To‘garak a’zolarining eng so‘nggi g‘alabasi shu yil yurtimizda ilk marotaba o‘tkazilgan “Turon” maktab teatr tanlovining hududiy bosqichida o‘quvchilari 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

“Turon” maktab teatr tanlovining hududiy bosqichida o‘quvchilari go‘liblar safida.
Innovator o‘qituvchi va e'tirof

SH. Q. Suleymanovaning zamon talabiga javob beradigan seminarlari, mahorat darslar, tadbirlari OAVda yoritilgan.

Mahorat darsi

2022-yilda esa “Adabiyot darslarida o‘quvchilar bilimini baholashning portfolio metodi” metodik tavsiyasi ona tili va adabiyot o‘qituvchilari orasida ommalashtirildi.

   Ustozning maktab rahbariyati, MMTB va shahar hokimi tomonidan  tashakkurnoma,  faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishi tahsinga loyiqdir. 

Quyosh kabi nur sochgan ustoz
Ilk faoliyatini boshlagan kundan hozirga qadar...

Shahodat Suleymanova quyosh kabi nur sochib shogirdlarga borlig‘ini baxsh etishni davom etmoqda. O‘qituvchi ilk faoliyatini boshlagan kundan hozirga qadar sinf rahbarlik faoliyatini to‘xtatgani yo‘q, o‘quvchilarning OTM larga qabul qilinishi va ular qo‘lga kiritgan yutuqlar fikrimizning yana bir isbotidir.

Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazidagi metodik xizmat bo'limi o‘zbek tili metodisti Daniyarova Sarvinoz.

 








Report Page