“Zakovat” viktorinasi Nizomi

“Zakovat” viktorinasi Nizomi

Yoshlar ittifoqi



@yoshlarittifoqi_uz telegram kanalida

o‘tkaziladigan

“Zakovat” viktorinasi

NIZOMI

Tanlov nomi —“Zakovat” viktorinasi

Tanlov davomiyligi  — 2022-yil 21-fevraldan 13-martga qadar

Tanlov obyekti — O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasi

Viktorinaning maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

Viktorinani o‘tkazish mexanizmi – Viktorina 2 bosqich (saralash va final)da o‘tkaziladi.

Birinchi (saralash) bosqich – birinchi bosqich uchun belgilangan savollar har kuni 15:00 da telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @yoshlartanlovbot ga joylashtirib, g‘oliblar aniqlanib boriladi.

Berilgan savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javobni yuborgan ishtirokchi Yoshlar ittifoqning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.  20 kun davomida 20 ta g‘olib aniqlanadi.

Ikkinchi (final) bosqich - Yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy kanali orqali 20 kun davomida aniqlangan (jami 20 nafar) g‘oliblar ishtirokida o‘tkaziladi va 5 nafar g‘olib quyidagi tartibda aniqlab olinadi.

- o‘yin davomida ishtirokchilarga 5 ta savol ketma-ketlikda taqdim etiladi va har bir savol yakunida 1 nafardan g‘olib aniqlanadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy sahifalarida g‘oliblar eʼlon qilinadi va ularga loyiha yakunida o‘z sovg‘alari taqdim etiladi.

Viktorinaning asosi quyidagilar:

     - Yoshlarning intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish;

     - “Zakovat” viktorinasida zukko yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash;

     - Faol va bilimdon yoshlarni munosib rag‘batlantirish.

Kutilayotgan natija:

     - Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli o‘tkazilishiga erishiladi;

     - Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari oshiriladi;

     - Mamlakatimizning izlanuvchan, bilimli, isteʼdodli yoshlari saralab olinadi;

     - G‘olib yoshlar munosib taqdirlanadi.

ESLATMA:

*Ushbu viktorinada “Zakovat” televizion o‘yinining Oliy liga ishtirokchilari va ushbu loyiha doirasidagi tashkilotchilar qatnashishi mumkin emas.

*Avvalgi onlayn viktorinaning final g‘oliblari ham ishtirok etishi taʼqiqlanadi.



Report Page