“Zakovat” viktorinasi
KONSEPSIYASI
@yoshlarittifoqi_uz telegram kanalida o‘tkaziladigan “Zakovat” viktorinasi konsepsiyasi
Tanlov nomi - “Zakovat” viktorinasi
Tanlov davomiyligi - 25 kun
Tanlov obyekti - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasi
Viktorinaning maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
Viktorinani o‘tkazish mexanizmi – Viktorina 2 bosqich (saralash va final)da o‘tkaziladi.
Birinchi (saralash) bosqich – joriy yilning 12-yanvaridan 5-fevraliga qadar o‘tkaziladi. Ushbu bosqich uchun belgilangan savollar kun davomida (soat 12:00 va 18:00da) telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @yoshlartanlovbot ga joylashtirib boriladi.
Berilgan savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javobni yuborgan ishtirokchi Ittifoqning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi. 24 kun (12-yanvar - 4-fevral) davomida 48 ta g‘olib aniqlanadi.
Ikkinchi (final) bosqich - joriy yilning 5-fevral kuni Yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy kanali orqali 24 kun davomida aniqlangan (jami 48 nafar) g‘oliblar ishtirokida o‘tkaziladi va 3 nafar g‘olib quyidagi tartibda aniqlab olinadi:
- o‘yin davomida ishtirokchilarga 3 ta savol ketma-ketlikda taqdim etiladi va har bir savol yakunida 1 nafardan g‘olib aniqlanadi.
Loyiha yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rasmiy sahifalarida g‘oliblar ro‘yxati eʼlon qilinadi. Final bahslaridagi 3 nafar g‘olibga iPhone 13 PRO va 45 nafar g‘olibga Smart watch taqdim etiladi.
Viktorinaning asosi quyidagilar:
- yoshlarning intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish;
- “Zakovat” viktorinasida zukko yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash;
- faol va bilimdon yoshlarni munosib rag‘batlantirish.
Kutilayotgan natija:
- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli o‘tkazilishiga erishiladi;
- yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari oshiriladi;
- mamlakatimizning izlanuvchan, bilimli, isteʼdodli yoshlari saralab olinadi;
- g‘olib yoshlar munosib taqdirlanadi.