Zakovat intellektual klubi Xorazm viloyati "Birinchi liga" Bahorgi mavsum 6-tur o'yini raqamlarda...

Zakovat intellektual klubi Xorazm viloyati "Birinchi liga" Bahorgi mavsum 6-tur o'yini raqamlarda...

Xorazm viloyati Zakovat intellektual klubi
Birinchi liga rasmiy posteri

2024-yilning 8-may sanasida Urganch davlat universiteti Talabalar turar joyi Axborot-resurs markazida Zakovat intellektual klubi Xorazm viloyati "Birinchi Liga" bahorgi mavsum oltinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

  • O'yinda Xorazm viloyati Zakovat klubi koordinatorlari tomonidan tayyorlangan 24 savoldan iborat bir-biridan qiziqarli savollar paketi o'ynaldi;
  • Turnirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, uyushmagan yoshlar, o‘quvchilar, talabalar va boshqa turli soha vakillaridan tashkil topgan 10 ta jamoa tarkibida 70 nafardan ortiq bilimdonlar ishtirok etishdi;
  • O'yin davomida bilimdonlarga berilgan savollardan 2 tasiga faqat bir jamoa to'g'ri javob bergan holda, savolni "grob"dan qutqarib qolishdi;
  • Shuningdek, 2 ta savolga bironta jamoa ham to'g'ri javob bera olmagan.
Bahorgi mavsum 6-turida qayd etilgan natijalar.
Bahorgi mavsum umumiy natijalari
Bahorgi mavsum umumiy reyting jadvali

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, topqirligi va zukkoligi sababli

- "Sparta" jamoasi 2-raundning 1-savolida;

- "KPS" jamoasi 2-raundning 8-savolida

jonbozlik ko'rsatgan holda savolni "grob"dan qutqarib qolishdi.

Xorazm viloyati "Birinchi Liga" tur o'yinlari har hafta chorshanba kuni Urganch davlat universiteti binosida soat 16:00 da bo'lib o'tadi. Siz ham qatnashing va o'z bilimlaringizni sinab ko'ring. Turnirda qatnashish bepul va undagi uchun hech qanday yosh chegarasi mavjud emas.

Rasmiy kanalimiz: @Xorazm_ZakovatNNT



Report Page