Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag`ishlab “Adolatli shoh va buyuk shoir ” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi g‘azalxon talaba”, “ Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo`yicha tanlovlar     NIZOMI

Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag`ishlab “Adolatli shoh va buyuk shoir ” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi g‘azalxon talaba”, “ Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo`yicha tanlovlar     NIZOMI


  1.Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus doirasida universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Adolatli shoh va buyuk shoir” shiori ostida tanlovlar o‘tkazish .

           2. “Adolatli shoh va buyuk shoir” shiori ostida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi g‘azalxon talaba”, “Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo`yicha tanlovlarda universitetda tahsil olayotgan talabalar g‘azal mulki sultoni, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlab yozilgan o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

           3. Tanlovning universitet bosqichini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni universitetning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti va Klub va to‘garaklar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor tomonidan amalga oshiriladi.. Tanlovning maqsadi va vazifalari

        II. Tanlovning maqsadi va vazifalari

4.  Tanlovning asosiy maqsadi- yoshlar o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz madaniy merosiga muhabbat va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart –sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

- milliy qadriyatlarimizni asrash, yosh avlodni vatanparvarlik hamda oʻzbek xalqining merosiga hurmat ruhida tarbiyalash  “Inson – aziz, xotira – muqaddas” gʻoyasi asosida fidoyi ajdodlarimizning xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatish ruhida tarbiyalash

  III. Tanlovni o‘tkazish bosqichi va muddatlari

5. Tanlovlar ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich -Fakultet bosqichi - (akademik guruhlar o‘rtasida) Joriy yilning 9-10 fevral kunlari,

Ikkinchi bosqich -Universitet bosqichi – birinchi bosqichda 1-,2-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar o‘rtasida joriy yilning  12-fevral kuni o‘tkaziladi

    IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.

             6. Tanlovning universitet bosqichini o‘tkazish bo‘yicha universitet rektori buyrug‘i bilan Tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Hakamlar hay’ati tuziladi.

           7. Universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori boshchiligida ishchi gurux tashkil etiladi.

           8. Tanlovda universitet talabalari o‘zlari tayyorlagan ijod namunalari bilan ishtirok etish mumkin.

  V. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

           9. Tanlovga quyidagi mezonlarda baholanadi:

           Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi(insholar qo‘lyozma yoziladi), Insholar o‘zbek, rus, ingliz tillarida bo‘lishi mumkin:

  • Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
  • Ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
  •  Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy         yondashuvi;
  • Mustaqil fikrlashning aniq bildirilganligi;
  • Mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.
  •     10. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50 ball, ijodiy ishlar yozma tarzda topshiriladi.

11. “Eng yaxshi g‘azalxon talaba ”  nominatsiyasi quyidagi mezonlarda baholanadi:

  • -“Bobur g‘azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo‘yicha aruz vazni va deklamatsiya qoidalariga rioya qilinishi talab etiladi.
  • - “Bobur g‘azallarining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasi bo‘yicha ijro etish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.  
  •    Nominatsiya 50 ballik tizim asosida baholanadi.

     12. “Boburga atab bitilgan eng yaxshi she’r” nominatsiyasi quyidagi mezonlarda baholanadi:

  • - nominatsiyasi bo‘yicha yozilgan she’rlar oldiga qo‘yilgan talablar (o‘ziga xos ifoda uslubi, original fikr, bazn, qofiya, badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahorati kabi)ga javob berishi kerak.
  • -Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda ish tanlovdan chetlashtiriladi.

     VII. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

  •            13. Tanlovning universtet bosqichida yuqori (1, 2, 3) o‘rinlarni egallagan talabalar universitet rektori tomonidan maxsus diplom va quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:
  • 1-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida
  • 2-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari miqdorida
  • 3-o‘rin bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida

           14. Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarni rag‘batlantirish “Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

  • VII.Yakuniy qoidalar.
  •            15.  Tanlov ishtirokchisi (boshqa shaxs) tomonidan tanlovning yakuniy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, uning natijasi bilan bog‘liq murojaat (e’tiroz)lar qabul qilinmaydi.

 


Report Page