Zafarobod tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Zafarobod tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Markaziy harbiy okrug

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Jizzax viloyati MIB, Zafarobod tumani hokimligi hamda tuman o'quvchi yoshlari ishtirokida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida "Yoshlar milliy armiyamiz nigohida" shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.


Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda yoshlarga milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida aytilib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Xususan, uchrashuv davomida yoshlarning muammolari tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlar harbiy xizmatga bo'lgan qiziqishlari borasida qiziqtirgan savollariga rahbarlar tomonidan atroflicha javob olishdi hamda uchrashuvni tashkillashtirganligi uchun mas'ullarga minnatdorchilik bildirishdi.

Ayniqsa, harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari, faxriy qorovulning ko'rgazmali saf chiqishlari hamda qurol-aslahalar namoyishi yoshlarda bir olam taassurot qoldirdi.

Yakunda yoshlarning kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilanib, esdalik sovg'alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





Report Page