ZULMATDAN NUR QIDIRGANLAR

ZULMATDAN NUR QIDIRGANLAR


O'ZBEKISTON TUMANIDA "ZULMATDAN NUR QIDIRGANLAR" MAVZUSIDA ADABIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi tashabbusi hamda tuman hokimligi hamkorligida O’zbekiston tumani XTB tasarrufidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Ma’rifatparvar Jadidchilar xotirasi”ga bag’ishlab “Zulmatdan nur qidirganlar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga tuman XTB mudiri Nargizaxon Siddiqova, tuman hokimining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo’yicha maslahatchisi Ibrohimjon Mamajonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov va yetakchi mutaxassisi Isfandiyor Zokirjonov tashrif buyurdi. 

Maktab hovlisining kirish qismiga “Gullar va qushlar”, milliy taomlar va 5 tashabbus yo’nalishlariga oid ko’rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, faol o’quvchilar tomonidan “Qo’l mehnati mahsulotlari” namoyishi ham tashkilandi. 

Tadbirda o’quvchilar tomonidan bahoriy kuy-qo’shiqlar ijro etildi, vatanparvarlik hamda ilm-u ma’rifat mavzularida she’rlar aytildi, “Jadidchi ajdodlarimiz”ning hayotiga oid ma’lumotlar sahna ko’rinishlari orqali yoritib berildi, hamda o’quvchilar ishtirokida raqslar namoyish etildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirov so’zga chiqib “Ma’rifatparvar jadidchilarimiz”ning ibratli hayot yo’llariga oid fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

 

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, yuksak axloqiy qadriyatlarni kamol toptirish, buyuk adib, olim, mutafakkir, yozuvchi va shoirlarimiz hayoti va ijodini o’quvchilarga yaqindan tanitish, ularning asarlarini yaqindan o’rganish hamda ularni xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.


Report Page