ZARAFSHON DARYOSINI BIRGALIKDA ASRAB QOLAYLIK...

ZARAFSHON DARYOSINI BIRGALIKDA ASRAB QOLAYLIK...

Joriy yilning 16 noyabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov boshchiligidagi bir guruh mutaxass…

Mazkur kuzatuv reyd tadbirlari jarayonida, Zarafshon daryosidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy tarzda qazib olinishi kabi qonunbuzarliklar kuzatilganda.

Viloyat FVV qoshida tashkil etilgan “Xavfsizdaryo” DUK mas’ullarining ta’biri bilan aytganda, hozirda mazkur daryoning qirg‘oq mintaqasini emas, balki, daryoning uzanida xavfli deb topilgan hududlarida, ya’ni, daryoning bir necha nuqtasida qonun talablari asosida vaqtinchalik ruxsat etilgan ekan. Biroq monitoring jarayonida mazkur hududlarda qonun buzilishi kuzatildi.

Bunga,Favqulotda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi qoshidagi "Xavfsizdaryo" DUK bilan shartnoma asosida ushdu hududlardagi Zarafshon daryosida o‘zan tozalash loyihasi bo‘yicha belgilangan miqdorda qum shag‘al qazib olish bo‘yicha ish faoliyat yuritib kelingan, hozirgi kunda tadbirkorlar shartnoma va loyiha talablaridan chetga chiqish holatlari aniqlanib, "Xavfsizdaryo" DUK xisobotlariga asosan, belgilangan rejadan bir necha barobar ortiq qum-shag‘al qazib olinganligi ma’lum bo‘lgan. Shu bois ham bu kabi qonun buzarliklarga chek qo‘yish maqsadida ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha biznes-ombudsmanga murojaat qilinib, ularning ruxsatiga asosan tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Dastlabki 4ta tadbirkorlik sub’ektlarida olib borilgan tekshiruvlar natijasida o‘zan tozalash ishlari jarayonida belgilangan parametrlar va loyihaviy yechimlarga amal qilmaganlik holatlari aniqlandi. Jumladan “Oqdaryo Tosh Koni” MChJ, “Zarafshon Kompleks” MChJ, “Zarafshon Propriety Servis” MChJ, “Sam idial stroy” MChJlarda qator kamchiliklar aniqlanib o‘zan tozalash faoliyati vaqtinchalik to‘htatildi. Qirg‘oqlarni mustaxkamlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Hozirda bu borada amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Mazkur olib borilayotgan bu tekshiruvlardan maqsad, Zarafshon daryosini saqlab qolish, tabiatga insoniyat tomonidan berilayotgan qaxshatqich zarbalardan himoya qilib, tabiatdagi flora va faonani yo‘q bo‘lib ketishini oldini olishdir.

Bugungi kunda daryolardagi bu kabi o‘zboshimchalik va tabiatga bo‘lgan bepisandliklarni oldini olish ayni tegishli bo‘lgan muttassaddi (Zarafshon irigatsiya xavza boshqarmasi, viloyat FVV qoshida tashkil etilgan “Xavfsizdaryo” DUK kabi) tashkilotlar o‘z vaqtida mas’uliyatni xis etishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Shuningdek, Zarafshon milliy tabiat bog‘i Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab uzunligi 47 km masofaga qadar cho‘zilgan qismida o‘simliklarning 300 dan ortiq turi, sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 218 tori, baliqlarning 18 turi, molyuskalarning 26 turi, sudralib yuruvchilarning 11 turi va xashoratlarning 88 turi uchrashi aniqlangan, ammo, keyingi paytlarda daryo o‘zanini qazilishi va o‘zgarishi oqibatida mazkur yovvoyi tabiatga jiddiy salbiy ta’siri bo‘lmoqda. Ta’kid joizki, bu borada boshqarma va Milliy tabiat bog‘i ma’muriyati tomonidan tegishli mas’ul tashkilot va idoralar(FVV va Xavsizdaryo DUK, viloyat hokimligi, tuman prokuraturasi)ga rasmiy xat orqali murojaat qilingan.

Bugun, Zarafshon milliy tabiat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishini o‘rganish yuzasidan Ekologiya davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 05/33-15-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 7-17 iyul kunlari milliy bog‘ hududida o‘tkazilgan monitoring – o‘rganish natijasiga ko‘ra 2019-2021 yilning o‘tgan shu davri mobaynida jami 81318997 so‘mlik jarima va zararlari aniqlangan.

Bundan tashqari Samarqand viloyat hokimining 2021 yil 6 sentyabrdagi yig‘ilish qaroriga binoan monitoring kuzatuvlari ham olib borilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar viloyat hokimligiga taqdim etilgan.

Hullas, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi o‘z vakolat doirasida doimiy tarzda vazifalarini ado etib kelishmoqda. Shuni ham unutmaslik kerakki, mazkur Zarafshon milliy tabiat bog‘i viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli, bularning o‘z vazirligi nazorat inspeksiyasi mavjuddir. Faqat o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashmoqliklari lozim holos.

Endi o‘zingiz aytingchi, Ekologiya qanchalik o‘z vakolati doirasida nazorat tadbirlarini olib bormasin, mutassaddi bo‘lgan vakolatli tashkilotlar o‘zlarini chetga olib turishsa, yoinki, o‘zlarini ko‘rmaganga, bilmaganga olishsa, biz bugun tabiatni saqlab qolishimiz mumkinmi? Albatta yo‘q, shu bois mazkur mutassaddilar vazifasiga panja ortidan emas, mas’uliyat bilan yondashishsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand




Report Page