Zamin sayqalining sara mevalari qayta ishlanmoqda

Zamin sayqalining sara mevalari qayta ishlanmoqda


O‘zbekiston meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish har qachongidan ham muhim o‘rin tutadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva va sabzavotlarni qayta ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” MChJ HK ham ana shunday korxonalardan biri.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqanddagi navbatdagi tashrif obyekti ayni shu korxona bo‘ldi.

Aytish joizki, 5,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

“Mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxonada ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasidan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Yillik qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan, 30-35 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash va to‘liq eksport qilish ko‘zda tutilgan. Korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali esa, 100 ta ish o‘rni yaratiladi.

Vazir o‘z navbatida korxona mutasaddilarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va mahsulotning tannarxini tushirish yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.


Report Page