"ZAKOVAT" intellektual reyting o‘yinlarining navbatdagi 1-tur 4-o'yini

"ZAKOVAT" intellektual reyting o‘yinlarining navbatdagi 1-tur 4-o'yini


Joriy yilning 24-mart sanasida Buxoro davlat universiteti 1-bino, 2-qavat, ARM binosida BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 4 ta OTM hamkorligida oliy ta'lim muassasalarining talabalari o'rtasida tashkil etilgan, an'anaga aylanib borayotgan "ZAKOVAT" intellektual reyting o‘yinlarining navbatdagi 1-tur 4-o'yini o'tkazildi. O'yinda 4 ta OTM dan 9 nafar jamoalar ishtirok etdi. O'yinda an'anaga ko'ra 20 ta savol o'ynaldi. Ushbu zakovat o'yinida BuxDU yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori A.M.Kadirov, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Ochilov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi raisi A.Sobirov hakam sifatida ishtirok etishdi hamda o'yin oxirida natijalarni ballar hisobiga e'lon qilib, jamoalarga keyingi tur o'yinlariga ham omad tilashdi. Navbatdagi 1-turning oxirgi 4-o'yini ham ko'tarinki ruhda o'tdi.

Eslatib o'tamiz: keyingi hafta seshanba kuni soat 16:00 da 2-tur o'yinlariga start beriladi. 

Barchangizni taklif qilib qolamiz!

Yoshlar ittifoqi - yoshlar bilan!

Report Page