ZAKOVAT

ZAKOVAT


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi, tuman IIB va Axborot kutubxona markazi hamkorligida Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosida IIB xodimlari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini tashkil etildi. Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohrux Shokirov, tuman IIB boshlig’ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Alisher Mahmudov va tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari Iqbolxon Abdullayevalar ishtirok etishdi.

Zakovat o’yinida IIB xodimlaridan iborat ikki jamoa, “Kelajak” va “Moziy” jamoalari o’zaro bilim maydonida bellashdilar. Qizg’in kechgan mazkur bellashuvda o’zining zukkoligi bilan “Moziy” jamoasi g’alaba qozondi. G’olib jamoaga va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg’alar va kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi. Shuningdek, faol tashkilotchiligi uchun Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Sh.Shokirovga tuman IIB tomonidan kitob jamlanmasi sovg’a qilindi.

Bu kabi tadbirlar tuman Ichki Ishlar Bo’limi xodimlarining bilim va aqliy salohiyatlarini yanada o’stirish, ularni yanda ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni davomli bo’lishi rejalashtirilgan.




Report Page